Abiturientlar taqdim etadigan hujjatlar ro`yxati:

1.          Ariza.

2.          Umumiy o`rta yoki o`rta maxsus ma`lumot haqidagi hujjatlarning asl nusxasi.

3.          086-U shakl bo`yicha tibbiy ma`lumotnoma.

4.          Pasport nusxasi.

5.          3,5x4,5 sm hajmdagi 6ta fotosurat.

          Tanlovdan tashqari o`qishga kirish huquqiga ega bo`lgan halqaro va Respublika olimpiadalari, tanlovlar va musobaqalar g`oliblari asl nusxadagi tasdiqlovchi hujjatlarni topshiradilar.

          Harbiy xizmatni o`tab kelgan fuqarolarga o`qishga kirishda imtiyozlar beradigan harbiy qismlar qo`mondonligi  tavsiyanomalari (asl nusxasi) yuqorida ko`rsatilgan hujjatlar bilan birgalikda  20 iyulgacha (shu kuni ham) topshiriladi.

          Abiturient tomonidan pasport hamda harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi  hujjat shaxsan ko`rsatiladi.

          Yuqorida ko`rsatilgan ta`lim yo`nalishlari bo`yicha hujjatlar 20 iyundan  20 iyulgacha qabul qilinadi.

Manzilimiz: Turon ko`chasi, 23-uy.

QABUL KOMISSIYASI.