O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 3 apreldagi «Oliy ta’lim muassasalariga o`qishga qabul qilish tartibini yanada takomillashtirish to`g`risida»gi 261-sonli qarori  Yuklab olish  
 2018 yil 2 iyundagi «O`zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalariga nogironligi bo`lgan shaxslarni qo`shimcha davlat granti kvotalari asosida o`qishga qabul qilish tartibi to`g`risidagi
 Yuklab olish
 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 maydagi «O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari va ularning oila a’zolarini ijtimoiy qo`llab-quvvatlashga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida»gi 3726-sonli qarori
Yuklab olish
 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 4 iyundagi «2018-2019- o`quv yilida O`zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga qabul kvotasi to`g`risida»gi 3769-sonli qarori  Yuklab olish
 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining O`zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini takomillashtirishga doir kompleks chora-tadbirlar to`g`risida 2017 yil 18 iyuldagi PQ-3138 sonli qarori  Yuklab olish
 Oliy ta’lim muassasalariga o`qishga qabul qilish, talabalar o`qishini ko`chirish, qayta tiklash va o`qishdan chetlashtirish tartibi to`g`risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida  Yuklab olish
 Xorijiy fuqarolarni qabul qilish  Yuklab olish  
 Oliy ta’lim muassasasida sirtqi (maxsus sirtqi) va kechki (smenali) ta’limni tashkil etish tartibi to`g`risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida
 Yuklab olish
 Harbiy qism qo`mondonligining tavsiyanomalariga ega bo`lgan abiturientlar diqqatiga  Yuklab olish

Abituriyentlar topshiradigan hujjatlar ro`yxati

•        Ariza

•        O`rta yoki o`rta maxsus ma’lumot haqidagi hujjatning asl nusxasi

•        086-U shakl bo`yicha tibbiy ma’lumotnoma

•        Pasport nusxasi

•        3,5 X 4,5 sm hajmdagi 6 ta fotosurat (universitet qabul joylarida tushiladi)

•        maxsus sirtqi bo`lim abituriyentlari uchun mehnat daftarchasidan belgilangan tartibda tasdiqlangan ko`chirma va ishlab turgan sohadan tavsiyanoma.

Tanlovdan tashqari o`qishga kirish huquqiga ega bo`lgan xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar va musobaqalari g`oliblari asl nusxadagi tasdiqlovchi hujjatlarni topshiradilar.

Harbiy xizmatni o`tagan fuqarolarga o`qishga kirishda imtiyozlar beradigan harbiy qismlar qo`mondonligi tavsiyanomalari (asl nusxasi) yuqorida ko`rsatilgan hujjatlar bilan birgalikda 2018 yil 15 iyulgacha (shu kuni ham) topshiriladi.

Abituriyent tomonidan pasport hamda harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjat shaxsan ko`rsatiladi.

Hujjatlar 2018 yil 15 iyundan 15 iyulgacha qabul qilinadi. Bakalavriatura yo`nalishlari bo`yicha test sinovlari 2018 yil 1-15 avgust kunlari oralig`ida belgilangan ta’lim yo`nalishlari bo`yicha o`tkaziladi. 

MAXSUS SIRTQI TA’LIM YO`NALISHLARIGA ABITURIYENTLAR TOMONIDAN TOPSHIRILADIGAN HUJJATLAR RO`YXATI:

•        ta’lim yo`nalishi va o`quv tili ko`rsatilgan holdagi ariza;

•        o`rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjatning asl nusxasi va ilovasi;

•        086-U shakl bo`ycha tibbiy ma’lumotnoma: pasport nusxasi;

•        3,5 x 4,5 sm hajmdagi 6 dona rangli fotosurat;

•        mehnat daftarchasidan belgilangan tartibda tasdiqlangan ko`chirma;

•        ta’lim muassasasi rahbarining tavsiyanomasi.

Hujjatlar 2018 yil 15 iyundan 15 iyulgacha qabul qilinadi. Maxsus sirtqi ta’lim yo`nalishlari bo`yicha test sinovlari 2018 yil 1-15 avgust kunlari oralig`ida belgilangan ta’lim yo`nalishlari bo`yicha o`tkaziladi.

Izoh: Maxsus sirtqi ta’lim yo`nalishlariga faqat tegishli ta’lim yo`nalishi bo`yicha o`rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotiga ega hamda ushbu ma’lumoti bo`yicha kamida 3 yil pedagogik stajga ega bo`lgan abituriyentlardan hujjatlar qabul qilinadi! 

MAGISTRATURA MUTAXASSISLIKLARIGA ABITURIYENTLAR TOMONIDAN TOPSHIRILADIGAN HUJJATLAR RO`YXATI

•        magistratura mutaxassisligi ko`rsatilgan holda, oliy ta’lim muassasasi rektori nomiga ariza;

•        oliy ma’lumot to`g`risidagi hujjatning asl nusxasi (yoki diplomdan ko`chirma - O`zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarini davlat granti bo`yicha o`qib tugatganlar uchun) hamda unga ilova;

•        chop etilgan ilmiy maqola yoki tezislari (yoki ularga tenglashtirilgan hujjatlari) nusxasi (mavjud bo`lgan holda);

•        3,5 x 4,5 hajmdagi 6 dona rangli fotosurat;

•        086-U-shakldagi tibbiy ma’lumotnoma;

Hujjatlar 1 iyuldan 30 iyulgacha qabul qilinadi.

Hujjatlar taqdim etilishi jarayonida abituriyentlar pasport va harbiy xizmatga aloqadorlik haqidagi hujjatlarini shaxsan ko`rsatadilar.