Abiturient qabul komissiyasiga tegishli hujjatlarni topshirishi, topshirgan hujjatlariga mos ma’lumotlar abituriyentlar bazasiga turi kiritilganini tasdiqlashi lozim. Qabul jarayoni tugagandan so`ng abituriyentning murojaatlari (shikoyatlari) inobatga olinmaydi.

Abituriyent ruxsatnomasida ko`rsatilgan sana va vaqtda test sinovlarida ishtirok etadi.

Test sinovlari jarayonida abiturient quyidagi huquqlarga ega: savollar kitobchasidan qoralama sifatida foydalanish; test topshiriqlarini belgilangan muddatdan oldin bajarish, undan so`ng test materiallarini tartib bilan guruh nazoratchisiga topshirish hamda test sinovlari o`tkaziladigan hududdan chiqib ketish.

Abiturient test sinovlari o`tkaziladigan kuni binoga tegishli hududga soat 07:00 (ikkinchi smena soat 13:00) gacha, binoga soat 07:30 (ikkinchi smena soat 13:30) gacha faqat abiturient ruxsatnomasi va pasport bilan shaxsni identifikatsiyalash vositalari xamda videofiksatsiya qurilmalari orqali tartibli ravishda kirishi, test sinovlarini o`tkazish qoidalariga qat`iy amal qilishi bilan birgalikda, birinchi smenada soat 07:30 dan 08:00 gacha, ikkinchi smenada soat 14:30 dan 15:00 gacha kuyidagi ishlarni amalga oshirishga majbur:

test topshiriqlari kitobi va unga mos raqamli javoblar varaqasi raqamlari

mosligini tekshirish; test materiallari nuqsonsizligini tekshirish va nuqson borligi aniqlansa, darhol

guruh nazoratchisiga xabar berish; javoblar varaqasi to`g`ri to`ldirilishini ta’minlash;

test topshiriqlari kitobi muqovasida va javoblar varaqasida ko`rsatilgan

tegishli joyga familiyasi, ismi, otasining ismini yozib, imzo qo`yish; javoblar varaqasi raqamini abiturient ruxsatnomasi va titul varaqasining

tegishli joyiga to`g`ri ko`chirib imzo qo`yish; titul varaqasida ko`rsatilgan maxsus kod va ta’lim muassasasi kodini javoblar varaqasida ko`rsatilgan joyga to`g`ri ko`chirib yozish va tegishli doirachalarni bo`yash.

Abiturient yuqorida ko`rsatilgan majburiyatlaridan tashqari quyidagilarga shaxsan javobgar hisoblanadi:

javoblar varaqasini havo rang pastali sharikli ruchka bilan to`ldirish; javoblar varaqasini bukmaslik, marker chizig`iga yozmaslik, javoblar

varaqasi raqami ostida joylashgan doirachalarni bo`yamaslik;

javoblar varaqasi bilim darajasini belgilovchi asosiy hujjat bo`lganligi uchun

uni to`g`ri to`ldirish; belgilangan vaqt tugaguniga qadar test topshiriqlari kitobida mavjud test topshiriqlarini bajargan holda javoblar varaqasining mos tartib raqamidagi tegishli doirachalarini bo`yab, test topshiriqlari kitobini va unga mos bo`lgan javoblar varaqasini guruh nazoratchisiga topshirish.

Test topshiriqlari umumiy o`rta va o`rta maxsus, kasb-hunar ta’limining umumta’lim fanlari o`quv dasturlariga muvofiq tuziladi.

Abiturientlar tanlagan ta’lim yo`nalishiga qarab tegishli ravishda bir, ikki yoki uchta fan majmuasi bo`yicha test sinovini topshiradi.

Test topshiriqlari kitobidagi mavjud har bir fan 30 tadan test topshirig`ini o`z ichiga oladi.

Test topshiriqlarini bajarish uchun (javoblar varaqasini to`ldirish bilan birga)

30 ta test topshirig`iga 1 soat, 60 ta test topshirig`iga 2 soat, 90 ta test topshirig`iga 3 soat vaqt belgilanadi.

Har bir test topshirig`iga 4 tadan (“A”, “B”, “C”, “D”) muqobil javoblar beriladi.

Abiturient tomonidan har bir test topshirig`iga faqat bitga javob belgilanishi shart bo`lib, test topshiriqlari kitobida to`g`ri deb hisoblangan javoblarni javoblar varaqasidagi mos tartib raqamli doirachadan bittasini bo`yaydi (javoblar varaqasida bo`yalgan javoblarni o`zgartirish mumkin emas). Agar javoblar varaqasidagi “belgilash uchun namuna” qoidasiga rioya etilmasa, jumladan bitta test topshirig`iga javoblar varaqasida tegishli doiracha bo`yalmasa yoki ikki va undan ortiq doiracha bo`yalsa yoxud to`liq bo`yalmasa ushbu test topshirig`iga ball berilmaydi.

Abiturientning test sinovlarini topshirish vaqtida guruhdan chiqishi taqiqlanadi, chiqqan abituriyentlar qaytadan test sinovlariga qo`yilmaydi. Sog`lig`iga salbiy ta’sir etuvchi holatlarda test materiallarisiz kuzatuv ostida guruhdan chiqish hollari bundan mustasno.

Quyidagi hollarda abituriyent test sinovlari jarayonidan chetlashtiriladi va natijalari chiqarilmasligiga asos bo`ladi:

test sinovlari o`tkaziladigan hududga yoki binoga kirishda mikrokalkulyator, lug`at, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya qurilmalari va boshqa vositalar, shpargalkalar olib kirishga harakat qilsa, olib kirgan bo`lsa yoki ulardan test sinovlari davomida foydalansa; test materiallarini boshqa abituriyentga uzatsa yoki ularga yordam bersa; test materiallarini binodan tashqariga chiqarsa, test topshiriqlari kitobi varag`ini yirtsa; test sinovlari uchun ajratilgan vaqt tugaganda test materiallarini topshirishdan bosh tortsa; test sinovlari jarayonida videokuzatuvlar orqali abituriyentning tartib va qoidalarga amal qilmaganligi aniqlansa.

Qo`qon davlat pedagogika instituti qabul komissiyasi yangiliklar va ma’lumotlar kanali: https://t.me/qabul2018