2020/2021 o‘quv yili kuzgi semestriga qadar oliy ta’lim muassasasidagi o‘qishini ko‘chirmoqchi, ko‘chirib tiklamoqchi yoki qayta tiklamoqchi bo‘lganlar diqqatiga!

Respublikadagi davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishini ko‘chirish va tiklash uchun onlayn ariza yuborish axborot tizimi ishga tushirildi.

Tizimga quydagi havola orqali kirishingiz mumkin: transfer.edu.uz

Muqimiy nomidagi Qo‘qon davlat pedagogika institutiga 2020 yilda talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash jarayoni boshlanishi munosabati bilan, talabalar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish, ularni qiziqtirgan savollarga javob olish uchun institut qabul komissiyasining ko`chirish-tiklash masalalari bo‘yicha mas`ul xodimi Yuldashev Odiljon Toshpo‘latovichga murojjaat qilishlari mumkin.

Bog‘lanish uchun telefon raqami: 99 100 64 90, 91  155 75 00, 94 550 51 04