Institutda talabalar o‘rtasida o‘tkazilayotgan ma’naviy-ma’rifiy
tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 iyuldagi
“Ma’naviy – ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani yangi bosqichga
ko‘tarish to‘g‘risida”gi PQ – 3160 sonli qarori asosida olib borilmoqda. Mazkur
qaror ijrosini amalga oshirish bo‘yicha institut rektorining 2017 yil 5
avgustdagi 456-sonli buyrug‘i va tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan.
“Ma’naviy – ma’rifiy
ishlar samaradorligini oshirish va sohani yangi bosqichga ko‘tarish
to‘g‘risida”gi qarorda aholining keng qatlamlari, avvalambor yoshlar o‘rtasida
Vatanga muhabbat va sadoqat,
insonparvarlik fazilatlarini tarbiyalash, milliy urf - odat, an’ana va
qadriyatlarning hayotimizdagi o‘rni va ahamiyatini har tomonlama ochib berishga
yo‘naltirilgan suhbat va uchrashuvlar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish,
yoshlarga bugungi kunda amalga oshirilayotgan davlat siyosatining ustuvor
yo‘nalishlari, keng ko‘lamli islohotlarning mohiyati, qabul qilingan qonun
hujjatlari va davlat dasturlarining ahamiyatini atroflicha sharxlash va
tushuntirish, yurtimizga qarshi
qaratilgan g‘oyaviy va informatsion xurujlar, ularning ortida turgan
kuchlarning g‘arazli maqsadlarini fosh
qilish, odamlarni xushyorlik va
ogohlikka da’vat etish hamda boshqa
ko‘pgina vazifalar belgilangan.
Bugungi kunda ma’naviy -
axloqiy jihatdan yetuk
va sog‘lom dunyoqarashga ega bo‘lgan insoniy fazilatlarni ro‘yobga chiqara oladigan
ma’naviy barkamol shaxsni tarbiyalash asosiy ustuvor vazifa hisoblanadi. Shu
jihatdan olganda institutda ma’naviy – ma’rifiy ishlar bugungi kun talablari
darajasida olib borilmoqda.
Institutda 2018-2019
o‘quv yilida amalga oshiriladigan ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasi ishlab
chiqilgan.Ushbu reja asosida har bir fakultetda ish rejalari tuzilgan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
Xalq ta’limi vazirligi, Farg‘ona viloyati va Qo‘qon shahar hokimliklaridan
kelayotgan qaror, farmoyish va modemnomalar ijrosini ta’minlash yuzasidan
ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlari bo‘limi (MATIB) tomonidan ishlab chiqilgan
tadbirlar rejasi asosida ish rejalari tuzilib, jadval asosida ijrosi
ta’minlanmoqda. Tadbirlar rejasiga binoan o‘tkazilayotgan tadbirlarning
bayonnomalari mavjud.
Institutdagi 8 ta fakultet 20 ta ta’lim yo‘nalishining 243 ta akademik
guruhlarida ma’naviyat soatlari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining
“Uzluksiz ta’lim tizimida “Axborot guruhi” faoliyatini tashkil etish
to‘g‘risida”gi 2005 yil 24 iyundagi ¹-138, ¹ 159 qo‘shma buyrug‘iga asosan yil
davomida “Axborot soatlari” va “Ma’naviyat kunlari” muntazam o‘tkazilishi
yo‘lga qo‘yilgan.

Qo`qon davlat pedagogika
institutida O`zbekiston Respublikasining
davlat mustaqilligining 27 yilligi va “Bilimlar kuni” munosabati bilan “Aziz va yagonamsan jonajon,
O`zbekiston!” shiori ostida o`tkazilgan tadbir.

Farg`ona davlat universitetida
viloyatoliy o`quv yurtlar o`rtasida o`tkazilgan “Yagonasan, muqaddas Vatan!” respublika
ko`rik-tanlovining yakuniy bosqichidamusiqiy ta’lim kafedrasi
katta o`qituvchisi E.Qobilovarahbarligidamusiqiy
ta’lim yo`nalishi “Xo`qandi Latif” xor jamoasi qatnashib, 1-o`rinni qo`lga kiritdi va esdalik sovg`alari
bilan taqdirlandilar. Ushbu
jamoa Respublika bosqichida qatnashishi uchun yo`llanma oldilar.

Institut faollar zalida huquq – tartibot idoralari xodimlari xamkorligida
“Yoshlar o`rtasida narkotik moddalarni tarqalishini oldini olish va unga qarshi
kurashish” mavzusida uchrashuv o`tkazildi. Uchrashuvda O`zbekiston Respublikasi
Vazirlar Maxkamasi xuzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy markazi
xodimi S.Jabborov, “Ma’naviyat va ma’rifat” va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo`limi
boshlig`i F.Ibragimov, Qo`qon shahar “Nuroniy” jamg`armasi raisining o`rinbosari
A.Pirmatov, Narkologiya dispanseri bosh shifokori A.Sharipov, “G`ishtli masjid”
imom-xatibi, profilaktika inspektori T.Boymatov, Yoshlar Ittifoqi shahar Kengashi
raisi O.Rasulov, professor-o`qituvchilar va 100 nafar talabalar ishtirok etishdi.
Mamlakatimiz Konstitusiyasi qabul qilinganining
26 yilligiga bag`ishlangan “Baxtimiz – Qomusimiz” nomli adabiy-musiqiy bayram tadbiri
O`zbekiston Respublikasi madhiyasi bilan boshlandi. Shundan so`ng tadbirni ochib
berish uchun so`z institut rektori Eminov Azizjon G`ulomjonovichga berildi. Institut
rektori jamoani ushbu ayyom bilan tabriklar ekan, mamlakatimizda, qolaversa institutimizda
isloxotlar va o`zgarishlar Konstitusiyamiz asosida amalga oshirilayotganligini ta’kidlab
o`tdi.

Faol tadbirkorlik, innovasion g`oyalar va texnologiyalarni
qo`llab-quvvatlash yilida amalga oshirilayotgan keng ko`lamli ishlar Konstitusiyamizning
asosiy tamoyillarini ro`yobga chiqarishdagi yana bir qadam sifatida baholab, institutda
yil davomida qilingan ishlar, erishilgan yutuqlar sarxisob qilindi.
Shundan so`ng O`zbekiston
Respublikasi bakalavriatlar uchun ta’sis etilgan Davlat stipendiyalari g`oliblari
bo`lgan 4 nafar talabalarga institut rektor tomonidan guvohnomalar topshirildi.Bayram tadbirida O`zbek
tili va adabiyoti fakulteti talabalarining she’rlari, Tarix fakulteti talabalarining
chiqishlari, “Tarona” raqs ansambli va “Oxang navo” ansamblari chiqishlari bilan
jamoaga ko`tarinki yanada kayfiyat bag`ishladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2018
yil 15 dekabrdagi
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 dekabrdagi 5413-F-sonli farmoyishi ijrosi
to‘g‘risida”gi 1023-sonli buyrug‘i asosida institut rektorining 2018 yil 20
dekabrdagi 755-sonli buyrug‘i chiqarilgan. Ushbu buyruqqa asosan “Vatan
himoyachilari kuni” bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha
institut chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Reja asosida
institutda bayram “Vatan – muqaddas, uni himoya qilish sharafli burch!” degan
umumiy g‘oya ostida o‘tkazilmoqda. Tadbirlar rejasiga muvofiq fakultetlarda xarbiy xizmatchilar, veteranlar
ishtirokida “Mardlik va jasorat” darslari,
ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, harbiy xizmatchilar, veteranlar
ishtirokida “Milliy armiyamiz – yoshlarimiz qalbida sadoqat, jasorat, matonat
tuyg‘ularini mustahkamlovchi hayot maktabidir”, “Vatanni himoya qilish –
sharafli, olijanob va mas’uliyatli burch”, “Armiya – yurtimiz tinchligi va osoyishtaligi
ramzi” hamda “Tinchliginga jonim fido – muqaddas Vatan!”, “Milliy armiya
bayrami – mening bayramim!” mavzularida davra suhbatlari va uchrashuvlar, davra
suhbatlari hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi.
