Umumiy pedagogika va psixologiya kafedrasi mudiri Xurshida Ustajalilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Iste’dod” jamg‘armasi tomonidan o‘tkazilgan tanlovda g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. 2018 yil oktyabr oyi davomida Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahridagi A.S.Pushkin nomidagi Leningrad davlat universitetida malaka oshirish kursini o‘tab keldi.

Rus tili va adabiyoti kafedrasining yosh o‘qituvchisi Ayupov Temur O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Iste’dod” jamg‘armasi tomonidan o‘tkazilgan tanlovda g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.          2018 yil oktyabr oyida Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahridagi A.S.Pushkin nomidagi Leningrad davlat universitetida imtihonni muvaffaqiyatli topshirib mazkur universitet qoshidagi doktoranturaga qabul qilindi. 2019 yil yanvar oyidan ushbu universitetda o‘qishni boshladi.

Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi D.Kabirovani 2019 yilning 21 yanvaridan - 2019 yilning 15 mart kunigacha Hindistonning NIIT LTD institutida “CTRTIFICATE COURSE IN MICROSOFT OFFICE” kursi bo‘yicha malaka oshirishga  yuborilmoqda.

Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi S.Ahmadaliyevani 2019 yilning 23-27 yanvar kunlari “Severo-Kazaxstanskiy pravovoy media-tsentr” jamoatchilik fondi tomonidan tashkillangan Ostona shahri (Qozog‘iston)da bo‘lib o‘tadigan 2 - Xalqaro Edyuton uslubiy seminarida ishtirok etish uchun yuborilmoqda.