Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori tasarrufida faoliyat olib boradi. Bular:

1. Ilmiy-tadqiqotlar  va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash bo‘limi   - boshlig‘i  Odina Yusupovna To‘xtasinova, filologiya fanlari nomzodi, dotsent;

2. Innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi - boshlig‘i Gulchehra Sobirjonovna Raximova, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori;

3. Xalqaro aloqalar bo‘limi –boshlig‘i  Axmat Raxmatovich Najmeddinov.

Ularning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

Institutda olib borilayotgan ilmiy, ilmiy-uslubiy va ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va nazorat qilish.

Ilmiy - tadqiqot ishlarini ustivor yo‘nalishlarini belgilash, ilmiy-tadqiqot ishlarini rejasini tuzish hamda fakultet va kafedralar miqiyosida ilmiy tadqiqot ishlarini rejasini bajarilish monitoringini olib borish.

Institut ilmiy tadqiqot ishlarini rivojlantirish, ilmiy tadqiqot ishlari bo‘yicha respublika, shu jumladan, chet el oliy o‘quv yurtlari, xalqaro jamg‘armalar bilan maqsadli aloqalarini yo‘lga qo‘yish va mustahkamlash.

Ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlarni tayyorlashni tashkil etish va nazoratini olib borish. Institut ilmiy salohiyatini doimo oshib borishini ta’minlash.

Iqtidorli talabalarni tanlash, ularni maqsadli o‘qitish bo‘yicha tashkil qilish, nazoratini olib borish, ularni fan olimpiadalari, turli tanlovlarda (ayniqsa, Prezident va Davlat stipendiyasi tanlovlarida) ishtirokini ta’minlash.

Dolzarb ilmiy muammolarga bag‘ishlangan respublika ilmiy-nazariy, ilmiy-amaliy konferentsiyalarini tashkil etish.

Institut professor-o‘qituvchilari, talabalar ilmiy tadqiqot natijalari asosida darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar yaratishga erishish. Ilmiy tadqiqot natijalari bevosita fanlar bo‘yicha ma’ruzalarning va amaliy mashg‘ulotlarning mazmuniga singdirib borish.

Ilmiy yutuqlarni amalda joriy etish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqish.