Qo`qon davlat pedagogika instituti rektori Azizjon Eminov tashabbuslari bilan institutdagi taxsil olayotgan talabalardan iborat yangi Jamoa tashkil qilindi. Innovatsion g`oyalarni rivojlantirish jamoasi joriy yilning 18-mart sanasida tashkil topdi. Xozirda jamoa a’zolari bilan birgalikda 10 dan ortiq innovatsion g`oya va loyiharni yaratildi. Xalq Ta’lim Vaziri o`rinbosari Alisher Sadullayev bilan ta’lim sifatini oshirish maqsadida Farg`ona viloyatiga tashrifi chog`ida jamoa a’zolari bilan uchrashuv tashkil qilindi. A.Sadullayev talabalar tomonidan yaratilgan g`oya va loyihalar bilan tanishib, ijobiy baxo berdi. Kelgusida jamoa a’zolariga omad va muvofaqiyatlar tiladi. Jamoa a’zosi B. Xayitov tomonidan yaratilgan “SMART BUS” loyihasi xozirda xayotga tatbiq etildi.



Qo`qon davlat pedagogika institutining Innovatsion g`oyalarni rivojlantirish jamoasi a’zosi tabiy fanlar geografiya o`qitish metodikasi 4-bosqich talabasi B.Xayitov tomonidan yaratilgan “SMART BUS” loyihasi bo`yicha qisqacha ma’lumot. Mazkur loyihadan asosiy maqsad xalqimizni xorijiy tillarga bo`lgan munosabatini yaxshilash va eng muximi xorijiy tillarni yul yulakay tekin o`rganishdan iborat. Mazkur loyihada xozircha 2 ta xorijiy (ingliz, rus) tillardan foydalanilgan. Kelgusida jamoa a’zolari bilan birga, “SMART BUS” loyihasi uchun yana 2 ta xorijiy tilni qo`shish rejalashtirilgan.



Qo`qon davlat pedagogika institutiing Innovatsion g`oyalarni rivojlantirish jamoasi a’zolari joriy yilning 23-oktabrda Innovatsion Rivojlanish Vazirligi tomonidan o`tkazilgan “Innoweek” yarmarkasida qatnashishdi. Jamoa a’zolari B.Xayitov M.Qochqorovlar Innoweek yarmarkasidan juda katta tasurotlar bilan qaytishdi.

Innovatsion g`oyalar texnologiyalar asosida tashkil qilingan yig`ilishdan lavhalar