Institutda mavjud 10.00.01- O‘zbek tili. O‘zbek adabiyoti ixtisosligi bo‘yicha   doktoranturada hozirgi kunda 10 nafar doktorant  va mustaqil  tadqiqotchilar tahsil olmoqda.

Institutda mavjud 10.00.01- O‘zbek tili. O‘zbek adabiyoti ixtisosligi bo‘yicha  tayanch doktorantura (PhD)ning bitiruvchisi Xasanova Barno Yusupovna  Farg‘ona davlat universiteti  qoshidagi 27.06.2017 Fil.05.02 raqamli Ilmiy kengashda 2018 yil  27 dekabr   10.00.02- O‘zbek adabiyoti  ixtisosligi  bo‘yicha Filologiya  fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) darajasini olish uchun “Asqad Muhtor hikoyanavislik mahorati” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini  muddatida himoya qildi.

2018 yilda institutda  falsafa fanlari doktori (PhD) bo‘yicha  6 dissertatsiya himoyasi bo‘lib o‘tdi.

 Tarix o‘qitish metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi Raximova Gulchehra Sobirjonovna   28.05.2018 yilda O‘zbekiston Milliy universitetida 07.00.01. – O‘zbekiston tarixi ixtisosligi bo‘yicha “XX asr 50-90 yillari Farg‘ona vodiysi sanoati rivojlanishining ekologik holatga ta’siri” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi (ilmiy rahbar t.f.d., prof. H.E.Yunusova).

 Fizika va astronomiya o‘qitish metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi Ilmiy ishlar va innovatsiyalar  bo‘yicha katta o‘qituvchisi Eshboltayev Iqbol Mamirjonovich  05.06.2018 yilda  Andijon davlat  universitetida 01.04.10- Yarim o‘tkazgichlar fizikasi ixtisosligi bo‘yicha “Uch va ikki o‘lchamli elektronlar sistemalarida ko‘p fotonli yutilish va siljishli fotogalvanik effektlarning nazariy tadqiqi” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi (ilmiy rahbar F.-m.f. d., professor R.Ya. Rasulov).

 O‘zbek tili Raxmonov Gaffarjon Ruzmatovich  08.06.2018 yilda  Farg‘ona davlat universitetida 10.00.01- O‘zbek tili. O‘zbek adabiyoti tarixi ixtisosligi bo‘yicha “O‘zbek tilida lug‘aviy sinonimiya va graduonimiyaning o‘zaro munosabati” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi (ilmiy rahbar f.f.d., prof. N.M.Mahmudov).

 Informatika o‘qitish metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi Rasulov Inomjon Muydinovich   21.06.2018 yilda  Nizomiy nomidagi  Toshkent davlat pedagogika universitetida 13.00.02- Ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi (ta’lim sohalari bo‘yicha)  ixtisosligi bo‘yicha “Kompyuter texnologiyasidan ijodiy  foydalanish asosida shaxsda loyihalash madaniyatini rivojlantirish (uzluksiz ta’lim misolida)”  mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi (ilmiy rahbar  pedagogika fanlari  doktori, professor O‘.Q.Tolipov).

 Biologiya o‘qitish metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi Abdinazarov Xasanboy Xoliqnazarovich  28.03.2018 yilda O‘zbekiston Milliy univeritetida 03.00.08-Biologiya ixtisosligi bo‘yicha “Farg‘ona vodiysi suv havzalari qisqichbaqasimonlarining faunasi, ekologiyasi va amaliy ahamiyati” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi (ilmiy rahbar b.f.d. prof.I.Mirabdullayev).