Yangiliklar

8-dekabr O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26 yilligi munosabati bilan Pedagogika fakultetida “Konstitutsiya baxtimiz qomusi” mavzusida tadbiri tashkil etildi



2018 yil 4 dekabr kuni institutning faollari zalida “Konstitutsiya baxtimiz qomusi” mavzusida tadbir bo‘lib, o‘tdi. Tadbirni R. Siddiqov ochib yig‘ilgan mexmonlarni konstituttsiyasining 26 yilligi bayrami bilan tabrikladi. Shundan sung so‘zni fakultet dekani N. Erkaboevaga berildi.

      N. Erkaboeva so‘zi-  1992 yil 8 dekabrda mustaqil O‘zbekistonimiz Konstitutsiyasining qabul qilinishi mamlakatimiz hayotida muxim tarixiy voqea bo‘ldi. Konstitutsiyaning yaratilishida birinchi prezidentimizni ham o‘rni beqiyosdir. Bosh Qomusimiz Inson xuquqlari umumjahon deklaratsiyasi va boshqa asosiy xalqaro hujjatlar talablariga to‘la mos xolda, inson va fuqarolarning shaxsiy huquq va erkinliklari, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarini kafolatlab beradi.

   Mehnat ta’limi kafedrasi mudiri A. Husanov so‘zi- Konstitutsiyamiz yurtimizda huquqiy demokratik davlat, kuchli kuchli fuqorolik jamiyati, erkin bozor munosabatlari va xususiy mulk ustivorligiga asoslangan iqtisodiyotni qurish, xalqimiz uchun tinch, obod va farovon hayot barpo etish, O‘zbekistonning xalqaro maydonda munosib o‘rin egallashida mustaxkam poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda. Konstitutsiyamizda muxrlab qo‘yilgan tamoil va qoidalar negizida yurtimizda milliy qonunchilik tizimi barpo etildi.

  202-gurux murabbiysi R. Siddiqov so‘zi- Konstitutsiyaning 26 yilligi bilan barcha yig‘ilganlarni tabriklashib konstittsiyamizning insonparvalik printsiplariga to‘la mos kelishligi xaqida fikr bildirildi.

Shundan so‘ng pedagogika fakultetining mehnat ta’lim yo‘nalishi talabalariva “Tarona” raqs ansamilining chiqishlari namoyish etildi. Tadbir so‘ngida 202- mehnat ta’limi yo‘nalishida  taxsil olayotgan iqtidorligi yigit –qizlar fakultet dekanati va kafedra tamonidan taqdirlandi.