Yangiliklar

Geografiya kafedrasi o`qituvchisi b.f.n. dotsent. A.Jabborovning “Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya” fanidan Geografiya ta’lim yo‘nalishi 301-302-guruhlarida ochiq dars mashg`ulot o`tkazdi

Geografiya kafedrasi o`qituvchisi b.f.n. dotsent. A.Jabborovning “Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya” fanidan Geografiya ta’lim yo‘nalishi 301-302-guruhlarida “Rossiya Federatsiyasining geografik o‘rni, resurslari, aholisi” mavzusida ochiq dars mashg`ulot o`tkazdi.  




DTS talablariga ko‘ra talabalar iqtisodiy geografiya fanidan Rossiya Federatsiyasining geografik o‘rni, tabiiy sharoiti va tabiiy resurlari, davlat tuzumi, siyosiy partiyalari, siyosiy ma’muriy tuzilishi, aholisi va mexnat resurslari haqida atroflicha bilimga ega bo‘lishlari kerak.

Ma’ruza rejasi va matni ana shu talablarni inobatga olgan holda tuzilgan hamda ularni talabalarga tushuntirish muayyan izchillikda amalga oshirildi. 

 Ma’ruza 4 ta rejadan iborat bo‘lib, namunaviy dastur asosida tuzilgan. Lektor ko‘p yillik pedagogik tajribaga va ilmiy salohiyatga ega bo‘lib, darsni oliy ta’lim talablariga mos ravishda olib bordi. Yangi mavzu o‘tgan mavzu bilan, shuningdek xozirgi kundagi davlatimiz va Prezidentimiz siyosiy va iqtisodiy g‘oyalari bilan bog‘lab o‘tildi. Shuningdek ikki buyuk davlatni siyosiy, iqtisodiy strategik xamkorliklari xaqida eng yangi ma’lumotlar asosida talabalarga etkazildi. Dars qiziqarli ilmiy yangiliklar asosida AKT, geografik kartalar va materiallar asosida o‘tildi.

Ma’ruza reja asosida qat’iy izchillikda, sodda va tushunarli tilda bayon qilindi. Talabalar ma’ruzani qiziqib tinglashdi, munozaralarda faol ishtirok etishdi va ma’ruzadan qoniqish hosil qilishdi.

  Butun dars davomida talabalar nazoratda ushlab turildi, vaqti-vaqti bilan jamoaga savollar berildi, ba’zan esa ayrim talabalarga individual murojaat qilib, savolga tutildi. Har bir rejaning yakunida talabalarga ularda paydo bo‘lgan savollarni berish imkoniyati berildi. Savol-javoblarning ko‘p bo‘lishi ma’ruzaning qiziqarli o‘tayotganidan dalolat beradi..

Darsning boshlanishida yo‘qlama qilindi, talabalardan darsga tayyorgarlik holati so‘raldi. Keyin tezkor so‘rov usuli bilan darsga tayyorgarlik darajasi sinab ko‘rildi. Ayni vaqtda o‘tgan mavzular bilan yangi mavzu o‘rtasida uzviy bog‘liqlik yuzaga keltirildi.  “Aqliy hujum” usulini o‘qituvchi butun dars davomida qo‘lladi.

Darsning ko‘rgazmaliligi ham yomon emas. Dunyoning siyosiy  xaritasi, Rossiya Federatsiyasining tabiiy xaritasi, kompüyuter, proektor, maxsus tayyorlangan slaydlardan unumli foydalanildi.