Yangiliklar

Chim xokkeychilarimiz ikkinchi o‘yinda ham g‘alaba qozonishdi


Endi asosiy raqib – Qozog‘iston to‘sig‘idan o‘tilsa bas, navbatdagi bosqichdamiz. Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Chim ustida xokkey federatsiyasi raisi Bahodir Ahmedov rahbarligidagi delegatsiyamiz ayni paytda Pokistonning Lahor shahrida bo‘lib turibdi. Chim xokkeychilarimiz mazkur shaharda tashkillashtirilgan “Hockey Series Open” deb nomlangan, Tokio-2020 Olimpiadasiga litsenziya beruvchi xalqaro turnirda ishtirok etishmoqda. Renat Mamatkazin ustozligidagi Andijon, Namangan, Farg‘ona, Samarqand va Xorazm viloyat terma jamoalaridan chaqirilgan chim xokkeychilarimiz dastlabki turda Afg‘oniston termasini yirik (11:0) hisobda mag‘lub etishgandi. Bugun ikkinchi tur o‘yinlari o‘tkazildi va unda ham hamyurtlarimiz yirik natija qayd etishdi. Nepal termasiga qarshi o‘tkazilgan o‘yinda terma jamoamiz 6:1 hisobida zafar quchishdi.





Endi hamma gap 22-dekabrda o‘tadigan Qozog‘iston termasiga qarshi o‘yinda qoldi. Mazkur uchrashuvda yigitlarimizning muvaffaqiyati ularning navbatdagi bosqichga ravona qiladi. Guruhda birinchi o‘rinni ko‘lga kiritgan jamoagina 2019-yil Hindistonda bo‘lib o‘tadigan ushbu turnirning final bosqichiga yo‘llanmani ko‘lga kiritadi. Terma jamoada boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabasi Hayitboyev G‘aybullo 36-raqam ostida ishtirok etmoqda.