Yangiliklar

Mehnat ta’limi kafedrasiga Rossiya Federatsiyasi Ufa davlat neft-texnika universiteti professori texnika fanlari doktori N.Raximov taklif etildi

Jahon standartlariga mos keluvchi ta’lim tizimini rivojlantirish va  raqobatbardosh kadrlar tayyorlash maqsadida institumizga jahonning ko`plab rivojlangan davlatlarining nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan yuqori saviyali professor-o‘qituvchilarni jalb etib odatga aylanmoqda. Shulardan biri Rossiya Federatsiyasi Ufa davlat neft-texnika universiteti professori, texnika fanlari doktori N.Raximov institutimizga taklif etildi. N.Raximov tomonidan mehnat ta’limi yo‘nalishi talabalariga “Datchiklar xaqida umumiy ma’lumotlar” mavzusida ilmiy-amaliy maxorat darsi o‘tkazildi.


Bu tashkil etilgan dars institutimizda faoliyat olib orayotgan pedagog-xodimlari uchun uslubiy yordam beradi deyish mumkin. N.Raximov bilan suxbatda O`zbekiston Respublikasida ta’lim sohasidagi olib borilayotgan islohotlar va o‘zgarishlarga aloxida to`xtalib o’tib, xozirgi kundagi O`zbekistonning kelajagi shu yoshlar qo`lida ekanligi, oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida tuzilgan shirtnoma ko`p yillar davom etib, o`z natijasini berishga ishonch bildirishini aytdi.