Yangiliklar

Kimyo o‘qitish metodikasi kafedrasi katta o‘qituvchisi N.M.Kazimovaning 1-bosqich kimyo o‘qitish metodikasi yo‘nalishida Kimyo tarixi fanidan ochiq darsi bo‘lib o‘tdi


Kimyo o‘qitish metodikasi katta o‘qituvchisi N.M.Kazimova tomonidan 1-bosqich kimyo o‘qitish metodikasi yo‘nalishi talabalari uchun Kimyo tarixi fanidan “O‘zbekiston kimyo fani, sanoati va ularni rivojlanish asoslari. O‘zbekistonning mashhur olimlari” mavzusida ochiq dars o‘tkazildi. Dars zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanib tashkillandi.

O‘tilgan dars mavzuga oid krassvorddagi savollarga javob orqali takrorlandi. O‘zbekistonda kimyo sanoatining ilk rivojlangan bosqichlari, olimlarning olib borgan ishlari, O‘zbekistonlik olimlarning faoliyati, o‘zbekiston kimyo sanoatining istiqbolli rejalarini prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev tomonidan e’tirof etilgani, yangi qarorlarni imzolanganligi, hamda chet ellik mutaxassislar bilan hamkorlari aloqalari, olib borilayotgan ishlar ko‘lami, mustaqil O‘zbekistonimizning jahonga yuz tutayotganidagi kimyo sanoatining qo‘shgan xissasi keng yoritildi.