Yangiliklar

Qo‘qon davlat pedagogika institutida videoseminar o‘tkazildi

Qo‘qon davlat pedagogika institutida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatalariga murojaatnomasidan kelib chiqadigan xulosalar va oliy ta’lim muassasalari oldida turgan dolzarb vazifalar” mavzusida videoseminar o‘tkazildi.


Joriy yilning 5 yanvar kuni Qo‘qon davlat pedagogika institutining kichik majlislar zalida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatalariga murojaatnomasidan kelib chiqadigan xulosalar va oliy ta’lim muassasalari oldida turgan dolzarb vazifalar” mavzusida videoseminar o‘tkazildi. Ushbu videseminarda Qo‘qon davlat pedagogika instituti rektori, prorektorlari, dekanlar, dekan o‘rinbosarlari va kafedra mudirlari hamda Toshkent davlat politexnika universiteti Qo‘qon filiali va  O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Farg‘ona mintaqaviy filiallaridan tashrif buyurganlar ishtirok etishdi. Videoseminarda oliy ta’lim tizimida tahsil olish uchun keng imkoniyatlar yaratishga qaratilgan ishlarni yanada kuchaytirish, oliy ta’lim muassasalariga real imkoniyatlardan kelib chiqqan holda, qabul kvotalarini mustaqil belgilash, bakalavriat yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarga xorijda tahsil olishlari uchun imkoniyatlar yaratish  kabi ko‘plab masalalar o‘rganildi.

Videoseminar so‘ngida institut rektori A.Eminov so‘z olib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatalariga murojaatnomasidan kelib chiqadigan vazifalarga to‘xtaldi.