Yangiliklar

Institutda ta’lim sifatini oshirish maqsadida o‘quv me’yoriy xujjatlarni yuritish bo‘yicha seminar-trening mashg‘uloti o‘tkazildi


Qo‘qon davlat pedagogika institutining kichik majlislar zalida o‘quv me’yoriy xujjatlar, xususan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining “Oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilar tarkibining o‘quv yuklamasi hamda o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va “ustoz-shogird” ishlarini belgilash qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i mazmun-mohiyatini jamoaga yetkazish maqsadida Toshkent davlat pedagogika universiteti o‘quv uslubiy boshqarma boshlig‘i A. Xo‘jayev, Toshkent o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘quv uslubiy boshqarma boshlig‘i R.Yarqulovlar ishtirokida seminar-trening tashkil etildi.



Ushbu seminar-treyningda institut o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori N.Jo‘rayev, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari va o‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovinlari ishtirok etishdi.