Yangiliklar

Institut professor-o‘qituchilari uchun o‘quv-seminarlari tashkil etilmoqda




Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 29 dekabrdagi ¹87-03-4549 hamda ¹87-03-4550 sonli modemnomalari asosida Qo‘qon davlat pedagogika institutida talabalarning qishki ta’tili vaqtida “Oliy ta’limni rivojlantirishning zamonaviy tendentsiyalari: xalqaro tajribalar va O‘zbekiston amaliyoti” va “Oliy pedagogik ta’lim sohasidagi eng so‘ngi tendentsiyalar” mavzularida o‘quv-seminarlari tashkil etilmoqda.





Institut rektori tomonidan tasdiqlangan jadvalga ko‘ra joriy yilning 6 yanvar kuni Fizika-matematika hamda Tabiiy fanlar, 7 yanvar kuni O‘zbek tili va adabiyoti hamda Tarix fakulteti, 8 yanvar kuni esa Jismoniy madaniy va Chet tillar fakultetlari professor-o‘qituvchilari o‘quv-seminarlari o‘tkazildi.









Seminarlar davomida so‘ngi yillarda oliy ta’limga oid qabul qilingan normativ-huquqiy xujjatlar, oliy ta’lim tizimdagi talabalar, professor-o‘qituvchilar tarkibidagi o‘zgarishlar, oliy ta’limni rivojlantirishning innovatsion ekonizimi, OTM imidjini mustahkamlash va reytingini oshirish, oliy pedagogik ta’lim sohasidagi eng so‘nggi tendentsiyalar kabi ko‘plab masalalalar muhokama etildi.