Yangiliklar

Qo‘qon davlat pedagogika institutida videoseminar o‘tkazildi


Joriy yilning 9 yanvar kuni Qo‘qon davlat pedagogika institutining kichik majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida 2019 yil 8 yanvar kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda belgilangan topshiriqlar ijrosini so‘zsiz ta’minlash hamda oliy ta’lim muassasalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilish, shuningdek investitsiya dasturlariga kiritilgan oliy ta’lim muassasalari ob’ektlarining loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash ishlarini jadallashtirish maqsadida videoselektor o‘tkazildi. Videoselektorni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.Majidov olib borib, barcha oliy talim muassasalarining oldida turgan vazifalarini aniq ko‘rsatib berdi.



Ushbu videoselektorda Qo‘qon davlat pedagogika instituti rektori, prorektorlari, dekanlar va kafedra mudirlari hamda Toshkent davlat politexnika universiteti Qo‘qon filiali va O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Farg‘ona mintaqaviy filiallaridan tashrif buyurganlar ishtirok etishdi. Videoseminar so‘ngida institut rektori A.Eminov so‘z olib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatalariga murojaatnomasidan kelib chiqadigan vazifalarga to‘xtaldi.