23
Oct
Muqimiy nomidagi Qo`qon davlat pedagogika instituti Tabiiy fanlar fakultetida “Tilga e’tibor – elga e’tibor” mavzusida tadbir bo`lib o`tdi
Tadbirni
fakultet dekani V. Xo`jaev ochib berdi. U o`z so`zida O`zbekiston mustaqillikka
erishish ostonasida Prezident Islom Karimov tashabbusi va rahnamoligida davlat tiliga
huquqiy maqom berish masalasi kun tartibiga qo’yildi va 1989 yil 21 oktyabr kuni
«O`zbekiston Respublikasining Davlat tili to`g`risida»gi alohida qonuni qabul qilinganligini
aytib o`tdi. Har yili 21 oktyabr yurtimizda o`zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan
kun sifatida keng nishonlanadi. Bu yil ham turli jamoat muassasalarida, maktablarda,
kutubxonalarda, klinikalarda tegishlicha tadbirlar o`tkazilmoqda. 



Shundan
so`ng O’zbek tili va adabiyoti kafedrasi katta o`qituvchisi S. Odilov so`zga chiqdi.
Qonunga asosan eng muhim qadriyatlardan biri hisoblangan til qonun darajasida huquqiy
asosga ega bo`ldi. Bu qonun bilan o`zbek millatining ma’naviyatini, ruhiyatini,
qadrini ko`rsatadigan muhim omil, ya’ni tilning maqomi huquqiy mustahkamlandi. Mazkur
huquqiy asos orqali yangi shakllanayotgan davlatning, hukumatning, uning yangi rahbarining
elga, yurtga nisbatan e’tibori, ehtiromi namoyon etildi. Til har bir millatning
ulkan boyligi, benazir qadriyati va bebaho mulki hisoblanadi. Har bir xalq, har bir elat, o`zi hurmat va ehtirom qiladigan
tilga ega. Tilda ana shu tilning ijodkori bo’lgan xalq, elatning tarixi va madaniyati
aks etadi. Ayni zamonda, til ijtimoiy taraqqiyotda ulug`vor ahamiyat kasb etadi.
Til – har bir millat o`zligining ajralmas belgisidir.

O`zbek
tili – O`zbekiston Respublikasi aholisining mutlaq ko`pchiligi bo`lmish o`zbek xalqining ona tilidir. U O`zbekiston birligi va yaxlitligi, jamiyat jipsligining
muhim omili hisoblanadi. O`zbek xalqining, uning milliy madaniyati va o`ziga xosligini
ifoda etuvchi vosita bo`lmish o`zbek tilining har tomonlama rivojlanishini ta’minlash,
mazkur tilning davlat tili maqomidek salohiyatini izchil va to`liq ro`yobga chiqarish
muhim vazifadir.

Shundan
so`ng talabalar o`zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojatt etdilar va mazmunli
javob oldilar.