Yangiliklar

Fizika – matematika fakultetida Alisher Navoiy tavalludining 578 yilligiga bag`ishlab o`tkazilgan adabiy-ma’rifiy tadbir o`tkazildi


Qo`qon Davlat pedogigika instituti Fizika-matematika fakulteti dekani X.Xonboboyev, yoshlar bilan ishlash bo`yicha dekan o`rinbosari A.Kamolov, o`zbek tili kafedrasi katta o`qituvchisi D.Raxmatullaeva, dotsent D.Xasanova,professor-o`qituvchilar, talabalar ishtirokida o`tkazilgan ushbu tadbirda Hazrat Alisher Navoiyning milliy ma’naviyatimiz tarixidagi eng porloq siymolardan biri, o`zbek she`riyatining quyoshi, millatning iftixori sifatida tavsiflagan holda yuksak ma’naviyatli barkamol avlodni tarbiyalashda shoir adabiy merosini o`rganishning ahamiyati haqida so`z bordi.



Anjumanda o`zbek tili kafedrasi katta o`qituvchisi D.Raxmatullaeva  “Navoiy ya’juj-ma’jujlar haqida” va “Navoiy va Jomiy”, dotsent D.Xasanova “Amiriy ijodida Navoiy an`analari”  mavzusida qiziqarli ma’ruza qildilar. Fizika-matematika fakulteti informatika o`qitish metodikasi yo`nalishi talabalari tomonidan tayyorlangan “Navoiy – millat faxri ” nomli ma’rifiy-badiiy dastur qatnashchilar tomonidan katta qiziqish bilan tinglab, tomosha qilindi.