Yangiliklar

Muqimiy nomidagi Qo`qon davlat pedgogika instituti Magistratura bo`limi I bosqich Magistratura talabalari tomonidan Til millatning ko`zgusi mavzusida tadbir bo`lib o`tdi

Tadbirni magistratura bo`limi boshlig`i B.Aminov ochib berdi. U o`z so`zida kelgan professor-o`qituvchilarga, ota-onalar va mexmonlarni davlat tilimizning 28 yilligi bayrami bilan tabrikladi va kechani ochiq deb elon qildi.

Shundan so`ng, magistrantlar o`z chiqishlari bilan yashayotgan yurtiga sadoqatini sher, aforizm va g`azalar orqali kelgan mexmonlarga taqdim etishdi. Tadir davomida magistrantlarimiz tomonidan qasamiyod qabul qilindi.