Yangiliklar

Yana bir xorijlik professor Qo‘qonda




Qo‘qon davlat pedagogika instituti uchun 2019 yilning birinchi choragi juda samarali keldi. Yil boshidan buyon institut O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-sonli va 2018 yil 5 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish, mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash borasida qator ishlar amalga oshirildi.





2019 yilning 11 mart kuni Rossiya davlat gumanitar universiteti Fundamental va amaliy matematika kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari doktori, professor Jarov Valentin Konstatinovich Qo‘qon davlat pedagogika institutiga tashrif buyurgani olib borilayotgan ishlarning davomi deyish mumkin.





Valentin Jarov Fizika-matematika fakulüteti talabalariga Matematika o‘qitish metodikasi fanidan, magistratura bosqichi talabalariga Oliy ta’limda matematika o‘qitish metodikasi fanidan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda. Professor tomonidan olib borilayotgan mashg‘ulotlarda talabalarga xorijiy tajriba, fanni o‘qitishda ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalanish to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berilmoqda.

Valentin Jarov tashrifi 20 martga qadar davom etadi.