Yangiliklar

“Globallashuv asoslar” fanidan “Globallashuvning ijobiy va salbiy jihatlari” mavzusida namunali ochiq dars o`tkazildi




2019 yil 12 mart kuni Milliy g`oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo`nalishining 201-202 guruhlarida “Milliy g`oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” kafedrasining dotsenti f.f.n M.M.Aminova “Globallashuv asoslari”fanidan namunali ochiq darsini o`tdi. Mashg`ulotda  fakultet dekani M.K.Temirboyev, o`quv ishlari bo`yicha dekan o`rinbosari D. O`rinboyev, ilmiy-uslubiy kengash a’zosi T.Nuriddinov, kafedra katta o`qituvchisi O.Sharipova, o`qituvchilar Sh.Xudoyberganov, E.Oripovlar ishtirok etdilar. 





       “Globallashuvning ijobiy va salbiy jihatlari” mavzusida bo`lib o`tgan ma’ruza uchta reja asosida yoritib berildi.

Bugungi kunda axborot asrining o`ziga xos hususiyatlari, globallashuvning mazmun-mohiyatini, uning ijobiy va salbiy oqibatlarini to`liq ochib berishga harakat qildi. O`qituvchi o`z oldiga qo`ygan maqsadiga to`liq erishdi. Mavzuni hayotiy misollar yordamida, Prezident asarlaridan foydalanib, internet ma’lumotlaridan misollar keltirgan holda ochib berdi.  O`qituvchi darsning jonli tarzda talabalarning baxs-munozaralari orqali o`tishga harakat qildi. Darsda talabalar ham juda ham faol qatnashdilar. Ushbu ochiq dars ilmiy-uslubiy kengash tomonidan na’munali tashkil qilinganligi ta’kidlab o`tildi.