Yangiliklar

Fakultetlararo chet tillar kafedrasi o‘qituvchisi A.Parmonovning “Revision” mavzusida ochiq darsi o‘tkazildi




O‘zbekiston Respublikasi PrezidentiningPQ-1875-sonli “Chet tillarini o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” qaroriga muvofiq, respublikamiz ta’lim maskanlarida ingliz tili darslari chuqurlashtirilgan tarzda o‘tkazilmoqdabuni ochiq darslar misolida ham ko‘rish mumkin.  Kafedra o‘qituvchisi A.Parmonovning 2019 yilning 13-martida “Revision” mavzusida  Tarix fakulteti, Tarix o’qitish metodikasi yo’nalishi 101 guruh talabalari o‘rtasida 2-juftlikda,  Tarix fakulteti binosi, 604-xonada  ochiq darsi bo‘lib o‘tdi.




Ochiq darsda fakultetlararo chet tillar kafedrasi o‘qituvchisi B. Omonov, N. Sheraliyeva va Sh.Shodmonovlar dars kuzatuvchisi sifatida qatnashdilar. Ushbu ochiq dars davomida multimediya vositalaridan foydalanildi, barcha talabalar guruhlarga bo‘lingan holda darsga jalb etildilar, mavzuga doir turli prezentatsiyalar namoyish qilindi, turli mashqlar bajarildi, “klaster” ta’lim texnologiyasidan va turli posterlardan foydalanildi hamda qiziqarli o‘yinlar ko‘rsatildi, hatto talabalarning ishtirokida mavzuga oid sahna ko‘rinishi ijro etildi.  Shuningdek, ingliz tili muhitini yaratish uchun talabalarni jalb qilib olish uchun darsni “warming up” bilan boshladi. Darsda talabalarni faolligini oshirish uchun juda ko’p “handout”lardan foydalandi. “Video task” qismi ayniqsa talabalarda juda katta qiziqish uyg’otdi. Ko’rinib turibdiki, o’qituvchi nafaqat ochiq darsda balki o’zining oddiy darslarida ham ushbu usullarni muntazam ravishda qo’llab keladi. Bu esa talabalarning faolligida o’z aksini topgan.