Yangiliklar

Tarix fakultetida akademik A.S.Sagdullayev bilan o‘tkazilgan uchrashuv bo`lib o`tdi


2019 yil 13 aprel kuni institut axborot resurs markazida Tarix fanlari doktori, professor, O‘zbekiston fanlar akademiyasining akademigi Anatoliy Sagdullayevich Sagdullayev bilan Tarix fakulteti talabalari o‘rtasida “Xozirgi davr tarix fanining dolzarb muammolari” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda Tarix fakulteti dekani M.Temirboev kirish so‘zini olib uchrashuv mexmonlarini talabalarga tanishtirdi xamda xozirgi davr tarix fanidagi muxim muammolar bo‘yicha tuzilgan “Yo‘l xaritasi”ga muvofiq O‘zbekiston fanlar akademiyasining xaqiqiy a’zosi akademik A.S.Sagdullayev shu masala bo‘yicha tashrif buyurganini ta’kidladi. So‘z navbatini dastlab QDPI rektori Azizjon G‘ulomjonovich Eminovga berdi.


A.Eminov institutimizdagi o‘quv jarayoni, ilmiy faoliyat to‘g‘risida gapirib A.S.Sagdullayevning beradigan ilmiy-amaliy maslaxatlari bu erdagi ilmiy-tadqiqot jarayoni uchun juda katta foyda berishini tilga oldi. A.Eminov ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishda tarix fani doirasida uchraydigan ilmiy-tadqiqotga muxtoj masalalar to‘g‘risida malumot berishni A.S.Sagdullayevdan iltimos qildi.



Akademik A.S.Sagdullayev so‘z olar ekan institut raxbariyati va talabalarga taklif etganlari uchun minnatdorchilik bildirgan xolda tarix fanining oldida turgan muxim vazifalar to‘g‘risida gapirdi. Jumladan, Arxeologiya fani soxasidagi xali o‘rganishga muxtoj bo‘lgan ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlari xususan Qadimgi Dovon, So‘g‘diyona, Baqtriya, Xorazm davlatchiligi tarixi, shuningdek, Markaziy Osiyodagi shaxarsozlik madaniyati to‘g‘risida so‘z yuritdi.

Akademik A.S.Sagdullayev tarix faniga sobiq sho‘rolar davrida bir yoqlama munosabatda bo‘linganligi, ilmiy ishlarni olib borishda vujudga kelgan muayyan to‘siqlar, O‘zbekiston xalqlarini o‘z tarixini o‘rganishdan chalg‘itishga bo‘lgan urinishlar xaqida o‘z xayotidagi misollar bilan yig‘ilganlarni tanishtirdi.



Akademik olim talabalarga milliy o‘zligimizni anglash uchun tariximizni chuqur tadqiq etishimiz lozimligini tushuntirdi va talabalarning xamda professor-o‘qituvchilarning qiziqtirgan savollarga javob berish uchun imkoniyat berdi.