Yangiliklar

Abiturientlar uchun muhim ma’lumot!

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2019 yil 4 iyuldagi yig`ilishi 1-son bayoni 12-ilovasiga muvofiq “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati va test bo‘yicha ularga muvofiq keluvchi fanlar majmuasi” tasdiqlandi.

Tasdiqlangan fanlar majmuasiga “Matematika” fani “Informatika”siz qayd etilgan.

Mazkur bayon tasdiqlanguniga qadar matematika fani tarkibida informatika ham mavjud edi. Shuning uchun ro‘yxatdan o‘tgan abiturientlarga berilgan “Abiturientning qayd varaqasi”da “Matematika (informatika bilan)” deb yozilgan.

2019-2020 o‘quv yilidan boshlab “MATEMATIKA” fanidan berilgan test topshiriqlariga “INFORMATIKA” fanidan savollar qo‘shilmaydi, faqat matematika faniga oid savollardan tarkib topadi.

Davlat test markazi abiturientlarni ijtimoiy tarmoqlardagi ma’lumotlardan foydalanishda ehtiyotkorlikka chaqiradi va matematika fanidan tayyorgarlik ko‘rish davomida rasman e’lon qilinayotgan ushbu ma’lumotlarni unutmaslikni so‘raydi.

Barcha abiturientlarga muvaffaqiyat tilaymiz.

Manba: https://dtm.uz/post/view/abituriyentlar-uchun-muhim-ma-lumot