Yangiliklar

Abiturientlar diqqatiga!

2019 yil 20 iyuldan 2019/2020 o‘quv yili test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abiturient ruxsatmasi”ni tarqatish boshlanadi.

Hurmatli abiturientlar!

2019/2020 o‘quv yili test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abiturient ruxsatmasi”ni tarqatish 2019 yil 20 iyuldan boshlanadi.

“Abiturient ruxsatmasi”ni tarqatish quyidagicha amalga oshiriladi:

1. Abiturientlar 20-iyuldan boshlab Internet orqali Davlat test markazi www.dtm.uz rasmiy veb-saytining “Ruxsatnomani chop etish” bo‘limidagi maxsus oynaga pasport (yoki tug‘ilganlik guvohnomasi) seriyasi va raqamini kiritadi.

Ekranda paydo bo‘lgan “ABITURIENT RUXSATNOMASI” va “ABITURIENTGA ESLATMA”ni chop etib oladi.

Bularni internet tarmog‘iga ulangan kompyuter bo‘lgan xoxlagan joyda: uyda, Internet klublari va boshqa joylarda amalga oshirish mumkin.

2. Kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan abiturientlar 23-26 iyul kunlari, Yashash joyidan qat’i nazar quyidagi tashkilotlarga murojaat etishi va ruxsatnomalarini olishlari mumkin:

ixtiyoriy tuman (shahar)dagi Davlat xizmatlari markazlari;

ixtiyoriy Oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalari;

ixtiyoriy Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Bandlikka ko‘maklashish markazlari.

Ushbu tashkilot xodimlari DTMning www.dtm.uz rasmiy veb-saytidan yuqorida qayd etilgan tartib bo‘yicha “Abiturient ruxsatnomasi”ni abiturientga chop etib beradi.

3.  Sirtqi va kechki ta’lim shakllari bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan abiturientlar 27-29 iyul kunlari yashash joyidan qat’iy nazar quyidagi muassasalarga murojaat etishi va ruxsatnomalarini olishlari mumkin:

ixtiyoriy tuman (shahar)dagi Davlat xizmatlari markazlari;

ixtiyoriy Oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalari;

ixtiyoriy Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Bandlikka ko‘maklashish markazlari.

Ushbu tashkilot xodimlari DTMning www.dtm.uz rasmiy veb-saytidan yuqorida qayd etilgan tartib bo‘yicha “Abiturient ruxsatnomasi”ni abiturientga chop etib beradi.

Izoh: “Abiturient ruxsatnomasi” bo‘yicha savollaringiz bo‘lsa, OO‘MTV (71) 246-16-04, (71) 246-38-70 hamda DTM 1195 qisqa raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.

Ruxsatnomalar barcha tashkilotlar tomonidan bepul chop etilib, tarqatiladi.

“Abiturient ruxsatnomasi”ni tarqatish bo‘yicha e’lon quyidagi saytlarga joylashtiriladi:

1. Davlat test markazining rasmiy veb-sayti www.dtm.uz;

2. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi rasmiy veb-sayti www.edu.uz;

3. Davlat xizmatlari agentligi rasmiy veb-sayti www.davxizmat.uz;

4. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirliginingrasmiy veb-sayti www.mehnat.uz;

5. Barcha oliy ta’lim muassasalarining rasmiy veb-saytlarida.

ABITURIENTLARGA “ABITURIENT RUXSATNOMASI”NI TARQATISH SXEMASI

Sana

Ruxsatnomani tarqatish joylari

Abiturientlar soni

20-iyuldan

Ro‘yxatdan o‘tgan barcha abiturientlar

Davlat test markazining rasmiy veb-sayti www.dtm.uz

Ruxsatnomani elektron shaklini saytdan ko‘chirib oladi va ixtiyoriy joyda (uyda yoki printeri bor joyda) chop etadi

23-26 iyul kunlari

Kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan abiturientlar

1. Yashash joyidan qat’i nazar, ixtiyoriy tuman (shahar)dagi Davlat xizmatlari markazlari.

 2. Yashash joyidan qat’i nazar, ixtiyoriy Oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalari.

3. Yashash joyidan qat’i nazar, ixtiyoriy Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Bandlikka ko‘maklashish markazlari

 

 

 

 

Davlat xizmatlari markazlari (Oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalari, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Bandlikka ko‘maklashish markazlari) xodimi DTMning rasmiy veb-sayti www.dtm.uzdagi “Abiturient ruxsatnomasi”ni abiturientga chop etib beradi.

 

 

27-29 iyul kunlari

Sirtqi va kechki ta’lim shakllari bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan abiturientlar

1.Yashash joyidan qat’i nazar, ixtiyoriy tuman (shahar)dagi Davlat xizmatlari markazlari.

2. Yashash joyidan qat’i nazar, ixtiyoriy Oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalari.

3. Yashash joyidan qat’i nazar, ixtiyoriy Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Bandlikka ko‘maklashish markazlari


Izoh: ruxsatnomalar Davlat xizmatlari markazlari, Oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalari, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Bandlikka ko‘maklashish markazlarida bepul chop etiladi va tarqatiladi.

“ABITURIENT RUXSATNOMASI”NI CHOP ETISH TARTIBI

1-bosqich. Davlat test markazining www.dtm.uz rasmiy veb-saytiga kiriladi.

2-bosqich. Saytning “Ruxsatnomani chop etish” bo‘limiga kiriladi.

3-bosqich. Abiturientning pasport (yoki tug‘ilganlik guvohnomasi)  seriyasi va raqami kiritiladi.

4-bosqich. Ekranda paydo bo‘lgan “ABITURIENT RUXSATNOMASI” va “ABITURIENTGA ESLATMA” chop etiladi.