Yangiliklar

Magistrlarga diplomlar topshirildi

2019 yilning 22 iyul kuni institut faollar zalida 44 nafar bitiruvchi talaba-yoshlarga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi magistrlik diplomlarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda institut rektori A.G‘.Eminov, barcha prorektorlar, Magistratura bo‘limi boshlig‘i B.U.Aminov, kafedra mudirlari, ota-onalar va magistr talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Tadbirda nuqt so‘zlagan institut rektori A.G‘.Eminov bitiruvchi talaba-yoshlarga omad tilab, oliy ta’limda yuqori malakali mutaxassis kadrlar tayyorlashda oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim bilan shug‘ullanishlari lozimligi, mamlakatimiz ta’lim sifatini yuqori darajaga ko‘tarishda bilim va fidoiy mehnatlari bilan hissa qo‘shish kerakligini ta’kidladi. Shundan so‘ng magistrlarga faxriy yorliq va diplomlar tantanali ravishda topshirildi.





























Tadbirda so‘zga chiqqan ota-onalar institut rahbariyati va professor-o‘qituvchilariga o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar.