Yangiliklar

O`zbekiston-Rossiya qo`shma talim dasturiga o`qishga qabul boshlandi

Qo`qon davlat pedagogika institutida Rossiya davlat kasbiy pedagogika universiteti hamda Boshqariston davlat pedagogika universitetlari bilan hamkorlikdagi qo`shma talim dasturiga 2019-2020 o`quv yili bakalavriatning quyidagi talim yo`nalishlariga abiturientlardan hujjatlar qabul qilish boshlandi.

Rossiya davlat kasbiy pedagogika universiteti bilan hamkorlikda

1. Informatika o`qitish metodikasi

Boshqariston davlat pedagogika universiteti bilan hamkorlikda

2. Rus tili va adabiyoti

3. Defektologiya.

Rossiya davlat kasbiy pedagogika universiteti hamda Boshqariston davlat pedagogika universitetlari bilan tuzilgan kelishuv hamda tasdiqlangan qabul kvotasiga asosan har bir talim yo`nalishiga 25 nafar abiturient qabul qilinadi. 

Hujjatlar 2019 yilning 10 avgustiga qadar qabul qilinadi. Nomzodlar fuqarolik pasporti va umumiy o`rta talim (11-sinf negizida) yoki o`rta maxsus, kasb-hunar talimi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjatlarning (ilovasi bilan) asl nusxasini taqdim etishadi.

Qo`shma talim dasturida (2+2) o`quv jarayonlari rus tilida, to`lov-kontrakt asosida olib boriladi. Talabalar 1- va 2-bosqichlarda Qo`qon davlat pedagogika institutida 3- va 4-bosqichlarda Rossiya davlat kasbiy pedagogika universiteti hamda Boshqariston davlat pedagogika universitetlarida o`qishi ko`zda tutilgan. Dasturni muvaffaqiyatli yakunlagan talabalarga ikki tomonlama diplom beriladi.

 Murojaat uchun telefonlar: 73-542-38-38, 73-542-29-81, 73-542-03-73