Yangiliklar

Hurmatli abiturientlar diqqatiga!

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Qurbon hayitini nishonlash to`g`risida 2019-yil 2-avgustdagi PQ-4413-son qarori ijrosini ta`minlash maqsadida Qurbon hayitining joylarda yuqori saviyada, xalqimizning milliy va diniy an`analariga mos ravishda o`tishi munosabati bilan joriy yilning 11-avgust kuni o`tkaziladigan test sinovlari quyidagi muddatlarga ko`chirilganligi ma`lum qilinadi (abiturient ruxsatnomasida ko`rsatilgan bino va soat o`zgarmagan holda):

Qashqadaryo viloyatida - 12-avgust kuni;

Farg`ona, Jizzax va Navoiy viloyatlarida - 13-avgust kuni;

Qoraqalpog`iston Respublikasi, Andijon, Xorazm va Samarqand viloyatlarida - 14-avgust kuni;

Buxoro viloyatida 15-avgust kuni o`tkaziladi.

Manba: dtm.uz