Yangiliklar

Korrupsiya - inqiroz yo`li

Korrupsiya inqirozga olib boradi. Ayniqsa, Oliy talimdagi korrupsiya. OTMda korrupsiyani oldini olish uchun, avvalo, bilimi talabanikidan ham past bo`lgan saviyasiz o`qituvchilarni ishdan bo`shatish lozim. Soxta olimlarni ham ishlashiga yo`l qo`ymaslik lozim. Qo`lida nomzodlik diplomi bor. Lekin mavzusidan savol bersangiz  bilmaydi. Shu olim talabalarga dars bera oladimi?  Pul aralashgan har qanday soha  tanazzulga yuz tutadi. Prezidentimiz ko`p kuyinib gapirganlaridek, rahbar kadrlarning aksariyati lavozimiga munosib emas. Ilmi haminqadar bo`lgani uchun boshqaruvda ham xatolarga yo`l qo`yadi. Jamoani tortolmaydi.   Bugun intelektual asrda yashayapmiz. Demak inson kapitaliga e`tibor kuchayadi. Ilm egalarigina jamiyat hayotini yaxshilaydi. Har bir soha vakili G`ijdivoniy uchligi ni mahkam tutmog`i lozim: Har toate va ibodateki, aylarsiz uning ilmidan voqif bo`ling. Har ilmniki o`rganibsiz, unga amal qiling. Har amalniki, etgaysiz, sidqu ixlos bilan ado aylang. Yani 1) Nima qilmoqchi bo`lsangiz, shu ishning ilmiy asosini biling. 2) Bilgan ilmingizga amal qiling. 3) Amal (ish) qilyapsizmi, uni sadoqat va ixlos bilan bajaring.

Har bir OTM o`qituvchisining vijdoni uyg`oq bo`lishi shart. Har bir talabaga bu mening millatimning, xalqimning bolasi, jigarim, vatandoshim, kelajagim deb qaramas ekan, korrupsiya aralashib yuraveradi.

Zebo Qobilova,

Qo`qon DPI o`zbek tili va adabiyoti fakulteti dekani,

filologiya fanlari nomzodi, dotsent