Yangiliklar

Korrupsiya haqida gap borganda

Korrupsiya haqida gap borganda, eng avvalo ko‘z oldimga tabiat kushandasi, ayniqsa, yam-yashil tabiatni yo‘q qiluvchi ayrim nobob odamlar keladi. Aslida yer yashil sayyora sifatida hamma narsadan ustun bo‘lgan ongli mavjudot – odamni yashashi uchun asosiy omil sanaladi. Biroq, o‘z yashash tarzi uchun muhim narsani e’zozlamaydiganlar ko‘plab uchraydi. Huddi shu ma’noda jamiyat yashashi insonlar o‘rtasida o‘zaro mehr-oqibat doimo bo‘lishi uchun shaffoflik, adolat va qonun ustuvorligi ustun bo‘lishi zarur. Afsuski, bu masalaga to‘sqinlik qiluvchi bir og‘u borki, bu ko‘pchilik ongiga, qon-qoniga singib ketgan kasallik bo‘lib, u korrupsiya deb ataladi. Korrupsiya eng avvalo, shaxsning o‘z lavozimidan yoki xizmat mavqeyidan o‘zining yoki yaqinlarining moddiy manfaatlarini ko‘zlagan holda sodir etiluvchi kasallikdir. Bundan ko‘rinadiki, korrupsiyaning boshlang‘ich omili mansab, xizmat mavqeyining yuqori ekanligi, boshqalar manfaatidan o‘z manfaatini yuqori qo‘yishdir.

Korrupsion holatni hozirgi kunda shaxs manfaatlari yo‘lidagi huquqbuzarlik jinoyati deb baholash joiz. Chunki,  o‘z manfaati yo‘lida boshqalar huquqini paymol etib, moddiy yoki nomoddiy boylikka ega bo‘lgan tomon qilingan harakat bevosita korrupsiya yo‘li sanaladi. Barcha sohalarda bo‘lgani kabi ta’lim tizimida ham buning turli shakllarini uchratish mumkin. Bu borada qanchalik harakat qilinmasin ayrim shakllarda namoyon bo‘layotganini inkor etib bo‘lmaydigan haqiqat deyish mumkin.

O.O.Bozorov

QDPI yoshlar bilan bilan ishlash bo‘yicha prorektori