Yangiliklar

Turkiya jumhuriyatining Qarabuk universiteti professorlari o`zbek tili va abiyoti fakulteti talabalariga dars bermoqda












Muqimiy nomidagi Qo`qon davlat pedagogika institutida O`zbekiston Respublikasi  Prezidentining “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularni  mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash” to`g`risidagi PQ 3775 sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Turkiya jumhuriyatining Qarabuk universiteti professori Nodirxon Hasan, Toshkent Sharqshunoslik instituti professori Boqijon To`xliyev, O`zRFA O`zbek tili, adabiyoti va folklori instituti katta ilmiy xodimlari filologiya fanlari doktorlari Jabbor Eshonqul va Shomirza Turdimovlar o`quv jarayoniga jalb etildilar. Olimlar   o`zbek tili va abiyoti fakulteti talabalariga “Ahmad Yassaviy va hikmat maktabi”, “O`zbek xalq dostonlari”, “Yusuf Xos Hojibning “Qutadg`u bilig” asari va uning ma’rifiy ahamiyati” mavzusidagi tanlov fanlaridan dars bermoqdalar. Ma’ruzalar yuqori saviyada olib borilmoqda. Talabalarning ishtiyoqlari baland. Maroq bilan ma’ruzalarni tinglamoqdalar. Darslar savol-javoblarga boy bo`lmoqda. Olimlarning har birlari bir olam kitob. Talablar ustozlarning  har bir fikrlarini qalblariga muhrlab bormoqdalar. Ma’ruzalarning barchasi talabalarning mutaxassis sifatida yetuk, inson sifatida barkamol va vatanparvar bo`lishiga qaratilgan.