28
Nov
“OITS asr vabosi” mavzusida tadbir o‘tkazildi

OITS (orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi) OIV deb nomlangan virus (odam immunotanqislik virusi) sabab
bo‘lgan sindrom, xalq orasida ko‘proq SPID kasalligi nomi
bilan tanilgan. Kasallik immunitet tizimini o‘zgartirib, odamlarni
infektsiyalar va kasalliklarga ko‘proq moyil qilib qo‘yadi. Bu sezuvchanlik
sindrom rivojlanishi bilan yomonlashadi. Bejiz OITSni biz asr vabosi deb
atamaymiz.

1-dekabr sanasi butunjahon giyohvandlik va OITSga qarshi kun sifatida qarshi olinadi. Shu munosabat bilan Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchilari Z.Jo‘rayeva, N.Nishonova, H.Ismoilova, D.Abdullayevalar tomonidan Horijiy til va adabiyoti: ingliz tili ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mataxassislar ishtirokida tadbir tashkil etildi.

Tadbirga taklif
etilgan Qo‘qon shahar narkologiya dispanseri narkolog shifokori I.Sattorov
hamda QDPI shifokori H.Saidovalar tomonidan OITS, OIV — sabablari, xavf omillari, belgilari,
tashxis, davolash xaqida batafsil ma’lumot berildi.