Yangiliklar

Ijtimoiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi D.Inomovaning Qozoq davlat universiteti talabalariga ma’ruza o‘qidi


Qo‘qon davlat pedagogika institutining xalqaro munosabatlari tobora rivojlanib borayotgani barchamizni quvontirmoqda. Jahonning ko‘plab rivojlangan mamlakatlarining nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan professor-o‘qituvchilar tashrif buyurib, ta’labalarimizga ta’lim berib kelayotgani barchamizga ma’lum.
Shu o‘rinda ijtimoiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi D.Inomovaning Qozoq davlat universiteti talabalariga ma’ruza o‘qiganligi bu sohadagi yana bir qadam bo‘ldi.



D.Inomova tomonidan Qozoq davlat universitetining Falsafa va siyosatshunoslik hamda Huquqshunoslik fakultetlari talabalariga “Falsafa” fanidan ma’ruza va seminar mashg‘ulotlari olib borildi.



Tashrif davomida Qozo davlat universiteti va Qo‘qon davlat pedagogika instituti o‘rsatida hamkorlik Memorandumi imzolandi.

Ma’lumot o‘rnida: Qozoq davlat universiteti jahonning eng nufuzli oliy ta’lim muassasalari 1000 taligiga kirgan universitetlardan biri hisoblanadi.