Yangiliklar

Vatanparvarlik oyligi davom etmoqda




Ma’lumki, Mustaqilligimizning ilk yillaridanoq mamlakatimiz mudofaasini kuchaytirish masalasi davlatimiz siyosatining eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilab olindi.





O‘tgan davr mobaynida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar tufayli yurtimiz xavfsizligini, sarhadlarimiz dahlsizligini ishonchli himoya qilishga, aholimizning tinch va osuda hayotiga qarshi qaratilgan har qanday g‘arazli urinishlarning oldini olishga qodir bo‘lgan, tezkor, tashkiliy jihatdan mukammal, zamonaviy qurol-yarog‘ va harbiy texnika bilan ta‘minlangan milliy armiyamiz shakllantirildi. 

Yosh avlodda milliy armiyamizga bo‘lgan ishonch hamda yuksak Vatanparvarlik g‘oyalarini singdirish maqsadida yurtimiz bo‘ylab qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.





Kecha 11 yanvar kuni institutning Jismoniy madaniyat fakultetining ochiq sport maydonida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiya 82318-harbiy qism harbiy xizmatchilar va Beshariq tumanidagi 15-umumiy o‘rta ta’lim maktabi “Temuriylar vorislari” ixtisoslashtirilgan sinf o‘quvchilari ishtirokida “Vatanparvarlik – milliy yuksalish kafolati” shiori ostida katta tadbir o‘tkazildi.





Institut talabalari va akademik litsey o‘quvchilari ishtirok etgan ushbu tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiya 82318-harbiy qism harbiy xizmatchilari va “Temuriylar vorislari” ixtisoslashtirilgan sinf o‘quvchilari tomonidan turli chiqishlar hamda qurol-aslahalar namoyishi o‘tkazildi.