Yangiliklar

Talabalarimiz “Viloyat Prokurori kubogi” g‘olibi












Farg‘ona viloyatida beshta muhim tashabbus doirasida “Viloyat Prokurori kubogi” sport musobaqalari o‘tkazildi. Mazkur musobaqada Qo‘qon davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat fakulteti talabalari ham faol ishtirok etishdi.

Musobaqalar yakuni bo‘yicha sportning voleybol turi bo‘yicha 2-o‘rin, stol tennisi bo‘yicha 2 va3-o‘rinlarni hamda sportning futbol turidan esa 1-o‘rinni egallashdi. Viloyat prokurorining qimmatbaho sovg‘alari va diplomlari g‘oliblarga topshirildi.

Shu o‘rinda mana shunday musobaqalarga talaba yoshlarni tayyolashda jonkuyarlik bilan xarakat qilayotgan ustoz murabbiylariga institut nomidan cheksiz minnatdorchilik bildirib o‘tamiz. G‘alaba muborak bo‘lsin.