Yangiliklar

Fizika-matematika fakultetida “startup”–loyihalari tanlovini tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.













2020 yilning 21 fevral kuni QDPI Fizika-matematika fakultetida joriy yilning 18 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti bilan hamkorlikda Respublika oliy ta’lim muassasalarida talaba-yoshlarning “startup”–loyihalari tanlovini tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan videoselektorda belgilab berilgan vazifalar ijrosiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda fakultet dekani H.I.Xonboboyev talabalarga  Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 31 dekabrdagi “Oliy ta’lim muassasalari talabalari orasida yangi loyihalar va ishlanmalar uchun tanlovlar o‘tkazish to‘g‘risida” 1070-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Talabalar orasida yangi startaplar uchun tanlovlar o‘tkazish to‘g‘risidani namunaviy nizom” talablari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berdi. Tadbirda institut xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Najmiddinov Axmatjon Raxmatovich ishtirok etdi. Tadbirda “Informatika o‘qitish metodikasi” kafedrasi qoshida faoliyat ko‘rsatadigan  “startup”–loyihalari to‘garagi tashkil etildi.