Yangiliklar

“Sud xodimlari va yoshlar”






Muqimiy nomidagi Qo‘qon davlat pedagogika institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27 dekabr kuni yoshlar bilan uchrashuvda belgilangan vazifarlar ijosi yuzasidan “Sud xodimlar va yoshlar” mavzusida ochiq davra suhbati o‘tkazildi.

Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sud-huquq tizimiga oid qaror va farmonlari ijrosi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borish maqsadida sud xodimlari va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qo‘qon tumanlararo sudi raisi U.Ismoilov, sudyalar V.Madrahimov, Sh.Bozorov, N.Sulaymonov hamda Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qo‘qon tumanlararo sudi xodimlari va Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti 203-305-BTva STI yo`nalishi talabalari qatnashdilar.