Yangiliklar

“Agar ogoh sen”

24 fevral kuni Muqimiy nomidagi Qo‘qon davlat pedagogika instituti rahbar-xodimlari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti Farg‘ona viloyati va Qo‘qon shahar bo‘limi bilan hamkorlikda “Agar ogoh sen” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi.









O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti Farg‘ona viloyat boshqarmasi xodimi D.A’zamov O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti Qo‘qon shahar bo‘limi boshlig‘i N.Marasulovlar tomonidan institutda faoliyat olib borayotgan rahbar-xodimlarga korruptsiya, manfaatlar to‘qnashuvi, "Korruptsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi Qonunning mazmuni tushuntirib berildi.

Shundan so‘ng “Agar ogox sen” nomli videorolik namoyish etildi.

Uchrashuv so‘ngida institut kasaba uyushma qo‘mitasi raisi R.Botirov so‘zga chiqib, taklif etilgan mehmonlarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi hamda butun jamoaga yuzlanib kelgusidagi mexnat faoliyatida berilgan vazifalarni sidqi-dildan bajarish, yanada mas’uliyatli bo‘lishga chaqirib jamoaga omadlar tiladi.