Yangiliklar

Rektor va yoshlar uchrashuvi

26 fevral kuni Qo‘qon musiqali drama teatrida Qo‘qon davlat pedagogika instituti rektori va talaba-yoshlari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.


Samimiy va ochiq ruxda o‘tgan uchrashuvda Qo‘qon shahar hokimining yoshlar siyosati, ma’naviy-ma’rifiy ishlar va ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Dexkonov Sherzod Minavvarovich ham ishtirok etdi.

Uchrashuvni institut rektori Atadjanov Mamirjon Yusupovich kirish so‘zi bilan ochib berdi. Rektor o‘z so‘zida mamlakatimizdagi oliy ta’lim tizimidagi islohotlar, ularning tub mohiyati, ta’lim olish uchun yaratilayotgan sharoitlar haqida gapirib o‘tdi.

Mamirjon Atadjanov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inomjon Majidov va Innovatsion rivojlanish vaziri Ibroxim Abduraxmonovlar tashabbuslari bilan oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida Start Up loyihalari tanlovlarini o‘tkazish belgilab berilganligi va aynan Qo‘qon davlat pedagogika instituti fakultetlari o‘rtasida bu tanlov o‘tkazilishi ma’lum qilindi.

Talabalar mazkur Start Up loyihalar tanlovini o‘tkazish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirishdi.

Shundan so‘ng institutdagi mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, ta’lim sifatini hamda institut nufuzini oshirish bo‘yicha fakultet dekanlari, professor-o‘qituvchilar, qolaversa talabalar tomonidan takliflar bildirildi.

































Institut rektori tomonidan taklif va mulohazalar, muammolar echimi bo‘yicha tegishli mas’ullarga topshiriqlar berildi.

Qo‘qon shahar hokimining yoshlar siyosati, ma’naviy-ma’rifiy ishlar va ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sherzod Dexkonov yuqorida tilga olingan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha shahar hokimligi yaqindan ko‘makdosh ekanligini hamda bartaraf etish bo‘yicha takliflarini bildirdi.





Uchrashuv yakunida Qo‘qon musiqali drama tearti aktyorlari tomonidan Alisher Navoiyning “Sab’ai Sayyor” dostoni asosida sahnatashtirilgan spektakli talaba-yoshlar e’tiboriga havola etildi.