Yangiliklar

N.Babayeva O‘zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi II Respublika tanlovi g‘olibi bo‘ldi

28 fevral kuni Toshkentdagi INXA universitetida O‘zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi II Respublika tanlovining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosimda Respublika vazirliklari va idoralari rahbarlari, oliy ta’lim muassasalari rektorlari hamda boshqalar ishtirok etishdi.

Tanlovning birinchi bochqichida 4000 dan, yakuniy bosqichida 300 dan ziyod ishtirokchilarning hujjatlari va innovatsion loyihalari Respublika Ekspertlar Kengashi tomonidan ko‘rib chiqildi hamda ularning taqdimotlari eshitilib, keng muhokama qilindi.


Loyihalar ichidan 100 ta eng munosib loyihalar va ularning mualliflari-tanlov g‘olibi sifatida tanlab olindi.


Tanlovda Qo‘qon davlat pedagogika instituti Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent Babayeva Nargiza Muzafarovna Sug‘urta kompaniyalari investitsion faoliyati samaradorligini oshirishning metodologik asoslarini takomillashtirish mavzusidagi loyihasi bilan ishtirok etib, “Fan-texnika taraqqiyoti yutuqlari bo‘yicha eng samarali innovatsion loyiha” nominatsiyasi bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.