Yangiliklar

“Gandbol KSPI” jamoasi Universiada musobaqalarida uchinchi o‘rinni egallashdi

2020-yilning 27-fevral kunida Samarqand shahrida sportning “Gandbol” turi bo‘yicha “Universiada – 2020” sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi. “Universiada – 2020” sport musobaqalarini tashkil etishda O‘zR Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi hamda mutasaddi tashkilotlar o‘z tashabbuslarini ko‘rsatishib kelishmoqda.



Musobaqa davomida Farg‘ona, Toshkent, Samarqand viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi terma jamoalari ishtirok etishdi.


Musobaqa jarayoni juda qizg‘in davom etgan holda Qo‘qon davlat pedagogika instituti talabalaridan tashkil etilgan "Gandbol KSPI" qizlar jamoasi faxrli uchinchi o‘ringa munosib deb topildi.