Yangiliklar

Abay nomidagi Qozoq milliy pedagogika universiteti bilan hamkorlik mustahkamlanadi

Tabiiy fanlar fakulteti dekani V.Xo‘jayev, Geografiya o‘qitish metodikasi kafedrasi mudiri L.Abdunazarov, kafedra dotsenti A.Jabborovlardan iborat Qo‘qon davlat pedagogika instituti delegatsiyasi Abay nomidagi Qozoq milliy pedagogika universitetida bo‘lib turibdi. 


Delegatsiya a’zolari Universitetning Tabiiy ta’lim va geografiya instituti direktori K.Kaymuldinova, Geografiya, ekologiya va turizm kafedrasi mudiri G.Berdigulovalar bilan hamkorlik aloqalari bo‘yicha muzokaralar olib borishdi.

Muzokaralarda talaba almashinuvi, professor-o‘qituvchilar o‘rtasida ilmiy seminarlar tashkil etish, onlayn darslar tashkil etish kabi qator masalalar muhokama etildi.




Ushbu universitetda “Geografiya” fanidan o‘tkazilayotgan olimpiadada esa talabalarimiz ham ishtirok etishmoqda.


27 fevral kuni olimpiadaning birinchi turi ya’ni “Men nima uchun pedogoglik kasbini tanladim” mavzusida oldindan tayyorlab kelingan videorolik taqdimoti bo‘lib otdi. O‘n beshdan ortiq jamoalar orasida bizning jamoa vedeoroligi yuqori baholanganlar qatorida. Bugun ikkinchi bosqich - Fanimiz muammolari bo‘yicha esse yozish va oxirgi tur keys yechish hamda taqdimot qilib berishlari kerak bo‘ladi. Bizning jamoadan tashqari Rossiyadan 3 ta, Qirg‘izistondan 2 ta, Qozog‘istondan 8 ta va  O‘zbekistondan 3 ta jamoa ishtirok etmoqda.

Bundan tashqari turli naminatsiyalar bo‘yicha ko‘rik tanlovlar o‘tkazilmoqda. Bizning talabalar ham munosib ishirok etib Vatanimiz, qolaversa qadrdon oliygohimiz sha’nini munosib himoya qilishga harakat qilishmoqda.

Ishtirokchilarimizga omad tilaymiz.