Yangiliklar

“5 TASHABBUS – KELAJAGIMIZ POYDEVORI”






O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida 2019 yil, 19 mart kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Qo‘qon shahrining Turkiston ko‘chasida 18-30 yoshli hamshaharlarimiz ishtirokida ommaviy yugurish marafoni o‘tkazildi.

Shahar aholisini sport musobaqalariga ommaviy jalb qilish, bolalar va o‘smirlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish maqsadida Qo‘qon shahar hokimligi, Qo‘qon shahar Jismoniy tarbiya va sport bo‘limi hamkorligida tashkil etilgan ommaviy sport tadbirida 500 dan ortiq yoshlar faol ishtirok etdilar. 1500 metr uzunlikdagi masofani muvaffaqiyatli bosib o‘tib, marraga birinchi bo‘lib etib kelgan ishtirokchilarga Qo‘qon shahar hokimligining esdalik sovg‘alari topshirildi.