Yangiliklar

Qo‘shni davlatlardan o‘qishni ko‘chirish natijalarini onlayn bilish imkoniyati yaratildi

Oliy va o‘rta maxsus vazirligi tomonidan fuqarolarga yengillik yaratish maqsadida yana bir interaktiv xizmat ishga tushirildi.

https://natija.edu.uz tizimi qo‘shni davlatlardagi oliy ta’lim muassasalaridan respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishi ko‘chirilishi tavsiya etilganlar to‘g‘risida ma’lumot olish uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida ishlab chiqildi.

Hozirda test rejimida ishlayotgan tizim yordamida joriy yilning 7 fevralidan 15 fevraligacha ariza bilan murojaat qilgan fuqarolar o‘z natijalarini bilishlari mumkin. Buning uchun fuqaroning pasporti seriyasi va raqami kiritilishi kifoya.

Keyinchalik mazkur tizim faoliyati takomillashtirilib, Yagona davlat interaktiv xizmatlar portali orqali mahalliy va xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan o‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash uchun arizalarni qabul qilish bo‘yicha davlat xizmati ishga tushirish rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2020 yil 4 fevraldagi 12-son bayoni bilan qo‘shni davlatlarda tahsil olayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga o‘qishini respublikamiz oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish bo‘yicha ariza topshirishga ruxsat berilgan edi.

 (https://t.me/eduuz/1836)Arizalar 2020 yil 15 martga qadar qabul qilinadi.

Manba: (https://t.me/eduuz/1836)