Yangiliklar

E`lon

16 martdan respublikadagi barcha talim muassasalari karantinga yopiladi va tatil beriladi

Ertaga, 16 martdan Respublikadagi barcha talim muassasalari: bog`cha, maktab, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari va oliy talim muassasalarida muddatdan oldin tatil elon qilinadi va o`qishlar to`xtatiladi.

Koronavirus tarqalishiga qarshi profilaktika maqsadida joriy etilayotgan karantin davlat, nodavlat va xususiy talim muassasalarining barchasida birdek joriy etiladi.

Bu haqda bugun Vazirlar Mahkamasida O`zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligida koronavirus mavzusiga bag`ishlab o`tkazilgan brifingda malum qilingan.

Shuningdek, oliy talim muassasalarida o`qishning to`xtatilishi munosabati bilan o`z viloyatlarga qaytadigan talabalarga temir yo`llari va samolyotlarda 50 foizlik chegirmalar beriladi.