Yangiliklar

Farg‘ona vodiysi talabalari uchun Farg‘ona TV telekanalida videodarslar efirga uzatiladi

Qo‘qon davlat pedagogika instituti va Farg‘ona viloyat teleradiokompaniyasi hamkorlikda teledarslar yo‘lga  qo‘yilmoqda.

Teledarslar 2020 yilning 14 aprelidan boshlab haftaning har seshanba va payshanba kunlari, soat 11:40 da efirga uzatiladi.

Ushbu televizion darslarni Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlari hamda qo‘shni Qirg‘iziston va Tojikiston Respublikalarining chegaradosh hududlarida istiqomat qiluvchi talabalar kuzatib borish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.