Yangiliklar

“Qo‘qonjonim” guruhida e’lon qilingan post yuzasidan munosabat

Qo‘qon davlat pedagogika instituti matbuot xizmati “Qo‘qonjonim” guruhida 18-mart kuni e’lon qilingan post yuzasidan shuni ma’lum qiladiki, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 17-martdagi topshiriq xatiga asosan oliy ta’lim muassasalari talabalari kanikulga chiqishi munosabati bilan oliy ta’lim muassasalari kafedralarida professor-o‘qituvchilarning 50 foizigacha va boshqa xodimlarning funksional vazifalari va toifalaridan kelib chiqqan holda bir qismi Mehnat kodeksida belgilangan navbatdagi mehnat ta’tili hisobidan talabalar kanikuli davrida mehnat ta’tili berish tavsiya etilgan. Shunga asosan barcha kafedralarda mehnat ta’tili olishni hohlovchi o‘qituvchi va xodimlarning arizalari (shu jumladan, xorij safaridan qaytgan xodimlarning ham arizalari) qanoatlantirilgan.

Bundan tashqari, 6 yoshgacha farzandlari bor xodimlarga vaqtincha mehgatga layoqatsizlik varaqasi ochish yuzasidan institut rahbariyati tomonidan Davlat sanitariya-epidimiologiya nazorat inspektsiyasi shahar bo‘limiga murojaat qilingan.

Shuningdek, barcha majlislar bekor qilingan, topshiriqlar va hujjatlar almashinuvi elektron shaklga o‘tkazilgan.

Institutda nazorat olib borayotgan nazorat-taftish ishchi guruhi esa karantinga qat’iy amal qilgan holda faqatgina hujjatlar bilan ishlamoqda. Ular faoliyat olib borayotgan xonalarga institut hodimlaridan hech kim jalb qilinmagan.