Yangiliklar

1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni

Ko‘pchilik mamlakatlarda 1-iyun – yozning ilk kunida Xalqaro bolalar kunini nishonlashadi. Dam olish kuni bo‘lmasa ham bu kun haqiqiy bolalar bayrami hisoblanadi.

1949-yilda Parijda ayollarning Xalqaro demokratik federatsiyasi kongressi bo‘lib o‘tdi. Bu kongressda bolalarning bardamligi va baxt-saodatining kafolati bo‘lgan mustahkam tinchlikni ta’minlash uchun doimiy kurash haqidagi shior yangradi. Urushdan keyingi davrda sayyoramizda yashovchi barcha mitti bolajonlarning sog‘liq va xotirjamligini saqlash dolzarb muammoga aylanib qolgan edi.

Va 1950-yildan e’tiboran 1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni sifatida nishonlana boshladi.

1989-yilda BMT Bosh Assambleyasi bolalar huquqlari to‘g‘risida Konvensiya qabul qildi. Unda butun dunyo mamlakatlari uchun bolalar huquqlarini himoya qilishni ta’minlashni joriy qilish to‘g‘risida yozilgan.